Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xon davlat sirlarini oshkor qilganlikda ayblanib, 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu siyosatchiga olti oy ichida chiqarilgan ikkinchi hukm sanaladi: o‘tgan yozda sud uni korrupsiyada aybdor deb topgandi.
Pokiston sudi mamlakat sobiq bosh vaziri Imron Xonni hibsga oldi. Uning partiyasi Xon tarafdorlarini ko‘chaga chiqishga chaqirdi.
Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xon muddatidan avvalgi saylovlar o‘tkazilishini talab qilib Lahordan Islomobod tomon yo‘lga chiqqan norozilik avtokarvoniga boshchilik qilib ketayotganida oyog‘idan o‘q yedi.
Pokiston parlamenti Shahboz Sharifni mamlakatning yangi bosh vaziri etib sayladi. U ishonchsizlik votumi e’lon qilinib, lavozimidan chetlatilgan Imron Xon o‘rnini egalladi.
Pokiston parlamenti bosh vazir Imron Xonni ishonchsizlik votumi bilan muddatidan oldin lavozimidan chetlashtirdi. Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi e’lon qilish taklifini bildirgan muxolifat partiya uni pandemiya fonida izdan chiqqan iqtisodiyotni tiklay olmaganlikda, Pokistonni korrupsiyadan holi qilish va’dalarini bajarmaganlikda ayblagan.
Pokiston prezidenti Orif Alviy bosh vazir Imron Xon taklifiga binoan mamlakat parlamentini tarqatib yuborgandi. Shundan so‘ng, bosh vazirning o‘zi ham lavozimidan ozod qilindi. Imron Xon muvaqqat bosh vazir tayinlangunga qadar mazkur lavozimda qoladi. Mamlakatda parlament saylovlari 90 kundan so‘ng o‘tkazilishi kutilmoqda.
Payshanba kuni Islomobodda bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston prezidenti va Pokiston bosh vaziri Strategik sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani, ikki davlat vazirlari esa 10 ga yaqin hujjatni imzoladi. Qolaversa, Shavkat Mirziyoyev Imron Xonga Urducha-o‘zbekcha mushtarak so‘zlar lug‘atini sovg‘a qildi. «Termiz — Mozori Sharif — Kobul — Peshovar» temir yo‘l mintaqalar qiyofasini butunlay o‘zgartirib yuborishini ta’kidlandi. Tashrifning birinchi kuni «Gazeta.uz» materialida.
Prezident Shavkat Mirziyoyev mart oyida Pokistonga tashrif buyurishi kutilmoqda. Pokiston bosh vazirining maslahatchisi Abdul Razoq Dovudning so‘zlariga ko‘ra, tashrif chog‘ida ikki davlat o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi kelishuv imzolanadi. Qolaversa, martdan Lahordan Toshkentga muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish reja qilingan.
Pokiston bosh vaziri Imron Xon Toshkentda bo‘lib o‘tgan brifingda Turkiyani Afg‘oniston mojarosini hal etishga jalb qilish hamda Afg‘oniston qo‘shnilari sammitini o‘tkazish taklifini bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev va Imron Xon O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida strategik sheriklik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risidagi Qo‘shma deklaratsiyani imzoladi. Shuningdek, tranzit va savdo to‘g‘risidagi hamda ishbilarmonlar va sayyohlar uchun viza tartiblarini soddalashtirish to‘g‘risida hukumatlararo bitimlar, qolaversa, 500 mln dollarlik kelishuvlar ham imzolandi.
O‘zbekiston prezidenti Pokiston bosh vaziri Imron Xon bilan videoanjuman shaklida uchrashuv o‘tkazib, ikki davlat o‘rtasida aviaqatnovlarni qayta tiklash, imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitimni imzolash, viza rejimini soddalashtirish, transport-tranzit va boshqa masalalarni muhokama qildi. Pokistonning Serene Air kompaniyasi O‘zbekistonga charter reyslarini boshlashni rejalashtirmoqda.
Kelasi hafta Shavkat Mirziyoyevning Pokiston bosh vaziri Imron Xon bilan videomuloqoti rejalashtirilmoqda. Muloqotda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting